Butun mamlakat bo’ylab tibbiyot yordamchilarga talab ortib bormoqda

By editor,

  Filed under: Vocational Training Programs
  Comments: Comments Off on Butun mamlakat bo’ylab tibbiyot yordamchilarga talab ortib bormoqda

medical assistant class training

Tibbiyot xodimlariga butun mamlakat bo’ylab talab borligi ajablanarli emas. U markaziy hududda joylashgan rayon yoki kam ta’minlangan qishloq hududida bo’ladimi, Amerika bo’ylab bemorlarning tibbiy ehtiyojlarini qondiradigan klinikalar va shifoxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun malakali tibbiy yordamchilarga ehtiyoj ortib bormoqda.

Karyerangizni tibbiyot sohasida boshlang

Har qanday kasbda bo’lgani kabi, odamlar o’zlarining tibbiy kareralarini qayerdadir boshlashlari kerak. Ammo, tibbiyot talabalari, Meditsina shifokori darajasiga ega bo`lishi uchun to’rt yillik o’qish va yana qo’shimcha 7 yilgacha davom etishi aniq bo’lgan rezidentura dasturini o`rganishni talab qilishini hisobga olsak, bu – ko`p vaqt va pul talab qiladi.

Shifokor yordamchisi sifatida ish boshlash – bu tibbiyot sohasiga kirishning ajoyib usuli. Ammo agar siz uyda sog’liqni saqlash bo’yicha hamshira yordamchisi, litsenziyaga ega amaliy hamshira, ro’yxatdan o’tgan hamshira, fizioterapevt yordamchisi, fizioterapevt, kasbiy terapevt yoki shifokor sifatida karerangizni – chuqurlashtirishni tanlasangiz, sizda tibbiyotda karera qurish uchun mustahkam poydevor bor.

Vrach yordamchisi – barcha ishni eplaydigan inson

Feldsherlikning juda qadrlanishining asosiy sabablaridan biri – uning ko’p vazifalarni bajarish qobiliyatidir.

Feldsherishi faqat bitta lavozimda ishlasa ham, bemorlar o`z vaqtida kerakli muolajani olishi uchun u juda ko’p ishlarni bajaradi. Masalan, ba’zi ish majburiyatlari quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

  • Hujjatlarni tayyorlash, to’plash va topshirish
  • Bemorning kasallik tarixini yuritish
  • Hayotiy ko’rsatkichlarni o’lchash
  • Namunalar yig’ish
  • Laboratoriya sinovlarini o’tkazish
  • Sinov uchun namunalar olish
  • Bemorlarni tekshirishga tayyorlash
  • Tekshiruv vaqtida shifokorlarga yordam berish
  • Hisobotlar yozish
  • Sug’urta da’volarini ko’rib chiqish

 

Tasavvur qilganingizdek, ushbu vazifalarni bajarish uchun sizdagi bilim, ko’nikma va tajriba sizni tibbiy idora yoki klinikada juda muhim lavozimga qo’yish uchun asos bo`ladi.

Tibbiyot yordamchisining dasturlari

Kimki Nyu-Yorkda karerasini tibbiyot yo`lida olib boorish istasa – Tibbiyot yordamchisi dasturiga ariza topshirishi eng to`g`ri yo`ldir. Siz qatnaydigan mashg`ulotlar, klinik amaliyotlarda egallagan bilim va ko`nikmalaringiz, sizni tibbiyot sohasidagi ishingizda yutuqlarga erishishingizga olib kelishga asos bo`ladi.

Siz nafaqat tibbiy terminologiya, anatomiya, farmakologiya, bemorlar bilan munosabatlar, in’ektsiyalarni qanday qo’llash, kattalar va bolalarga sun`iy nafas bersih, tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish, hayotiy belgilarni o’lchash, laboratoriya namunalarini yig’ish, ultratovush va rentgen kabi diagnostika uskunalarini ishlatish haqida bilib olasiz. . Shuningdek, siz yozuvlarni qanday boshqarishni (jadval/uchrashuvlar; sug’urta; hisob-kitob; tibbiy kodlash), tekshiruvlar paytida yordam berishni (bemorni joylashtirish; sterilizatsiya; tayyorlash), EKGni o’tkazishni, in’ektsiyalarni berishni va dori-darmonlarni tayyorlashni o’rganasiz.

Shifokor yordamchisi sifatidagi karera – bu tibbiyot sohasiga qiziqqan, ammo shifokor yoki hamshira bo’lish uchun zarur bo’lgan barcha uzoq muddatli ta’lim va tayyorgarlikdan o’tishni istamaydigan odamlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Ushbu sohada ishlash uchun sizdan sertifikat talab qilinadimi?

Sertifikatlash har doim ham tibbiyot yordamchilar uchun talab qilinmasada, ko’plab ish beruvchilar buni afzal ko’rishadi. Ikkita tashkilot sertifikatlash imkoniyatlarini taklif qiladi – Amerika Tibbiyot Assistantlari Assotsiatsiyasi (AAMA) va Milliy Sog’liqni Saqlash Mutaxassislari Assotsiatsiyasi (NHA).

Sertifikatlash o’qishni davom ettirish va ushbu kasbni rivojlantirishga qiziquvchilar uchun ajoyib imkoniyatdir. Bundan tashqari, bu ishda ishlash va ko`p maosh olish imkoniyatini beradi. AAMA sertifikatlangan tibbiyot yordamchisi (CMA) ruxsatnomasi berishni taklif qiladi, Milliy sog’liqni saqlash assotsiatsiyasi esa sertifikatlangan klinik tibbiyot yordamchisi (CCMA) va ro’yxatdan o’tkazilgan klinik tibbiyot yordamchilari (RCMA) kasbiga taklif qiladi.

Ushbu karerada mavjud bo’lgan ko’plab variantlardan birini tanlang

Foydali tajribalardan biri – bu karerangizni boshlash yoki birinchi kompaniyangizda ko’tarilishdir. Shifokor yordamchisi bo’lishni istaganlar uchun bir nechta ish variantlari mavjud. Ba’zi misollar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Tibbiy ofis yordamchisi
  • Tibbiyot xodimlarining birinchi o’rindagi boshliqlari
  • Bemorlarni parvarish qilish bo’yicha mutaxassis
  • Yordamchi tibbiyot xodimlari
  • Stomatologiya bo’limi menejeri
  • Bemorlarni o’qitish bo’yicha mutaxassis
  • Sog’liqni saqlash biznesini boshqarish xizmatlari
  • Tibbiyot idorasi menejeri
  • Tibbiyot registratori

 

Feldsherlikni tanlash eng keng tarqalgan tanlov bo’lsa-da, bu sohaga kirishni istaganlar uchun juda ko’p imkoniyatlar mavjud.

 

Nyu-Yorkda tibbiyot yordamchisi kasbiga o’qitadigan yaxshi maktabni qayerdan topish mumkin?

 

MBS Karyera Instituti Nyu-York shahridagi tibbiyot yordamchisi tayyorlash kurslarining yetakchi maktabi hisoblanadi. Bu joyda talabalar qisqartirilgan dastur asosida 600 soat va asosiy ta’lim dasturida 900 soatlik dastur bo’yicha ta’lim olishlari kerak.

MBS Karyera Instituti tomonidan taklif etilayotgan tibbiyot yordamchisi kurslariga misol sifatida anatomiya, fiziologiya va tibbiy muolajalar, karyerani rivojlantirish, kompyuterlar bilan tanishish, klaviaturada yozish, mijozlar bilan aloqalar, tibbiyot xonasining muolajalari va qon quyish kiradi.

MBS Karyera Instituti CAAHEP/JRCERT va Nyu-York Davlat Ta’lim Departamenti tomonidan tasdiqlangan. Ko’p kutmasdan, Tibbiyot yordamchi dasturlarimiz haqida ko’proq ma’lumot olish uchun bugun biz bilan bog’laning!